Unda jamoat transportidan (asosan avtobuslar nazarda tutilmoqda) foydalanganda transport kartalaridan elektron toʻlovni har bir fuqaro oʻzi maxsus validatorga tekkizgan holda amalga oshirishi soʻralgan.

"Bu orqali siz karantin qoidalariga rioya etgan boʻlasiz, 2-martalik pul yechib olinishi holatlariga uchramaysiz, transport kartangizni almashtirib qoʻyish holatidan himoyalanasiz. Transport kartangizni haydovchi va chiptachiga aslo bera koʻrmang!", deyiladi murojaatda.