O'zbekiston davlat drama teatrida bosh rejissor Olimjon Salimov badiiy rahbarligida rejissor Bahodir Mirmaqsudov tomonidan SHukrullo qalamiga mansub, komediya janridagi "O'g'rini qaroqchi urdi" spektakli sahnalashtirilib, Madaniyat vazirligi qoshidagi badiiy kengash a'zolariga taqdim qilindi.

Taqdimotda madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov, Teatrlar va tsirk san'atini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Ozodjon YUldashev hamda badiiy kengash a'zolari ishtirok etdi. Spektakl mutaxassislar tomonidan ijobiy baholandi, deb yozmoqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati.