Xiva shahridagi ochiq osmon ostidagi muzey-qoʻriqxonaning tarixiy elementlar bilan boyitilish jarayonida Madaniy meros agentligi direktori Shahriyor Nurullayev ham ishtirok etdi.
Mavzu jihatdan tarixiy-meʼmoriy obidalar bilan uygʻunlikdagi ushbu sanʼat asarlari sayyohlarning oʻtmish haqidagi tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qilish barobarida muzey shahar jozibadorligini oshirishga ham xizmat qiladi.