Ayni paytda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev Ohangaron shahar 6-Bolalar musiqa va san'at maktabida shahar faollari va jamoatchilik bilan muloqot o'tkazmoqda.

Viloyat etakchisi ohangaronlik yosh kadrlardan saralanayotgan hokim yordamchilari bilan yaqindan tanishib, ularga bildirilayotgan yuksak ishonch mas'uliyati to'g'risida to'xtalib o'tdi.

— Hududlarda echilmay qolgan masalalar ko'p. CHekka mahallalarga Prezidentimizning qaror va farmoyishlarining 30 foizi ham etib bormayapti. Ayrim tuman hududlarida aholi uchun etarli sharoit yaratilmagan. Muayyan muammolarga echim topishda mazkur yangi vazifa egalari — hokim yordamchilarining hissasi katta bo'lishi kerak. Farzandlarni tarbiyalash, ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish uchun turli to'garaklar tashkil etish kerak. Hokim yordamchilari o'zlari biriktirilgan mahallalarda yurib, turli yo'nalishda to'garaklar tashkil etishga ham e'tibor qaratmog'i lozim" – Zoyir Mirzaev.

Uchrashuv davom etmoqda. 

Gulichehra DURDIEVA