Ayniqsa, savdo nuqtalarida non mahsulotlari narxini sun'iy oshirmaslik bo'yicha profilaktik suhbatlar o'z samarasini bermoqda. Shaharda ta'minot va narx-navo barqarorligi saqlanmoqda.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini manzilli qo'llab-quvvatlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'milash maqsadida 4-sektor rahbari boshchiligida sektor hududidagi mahallalarda yashovchi ijtimoiy himoyaga muxtoj 255 nafar fuqaroga 20 kilogrammdan un mahsulotlari tarqatildi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.