Maʼlum boʻlishicha 2020-yil 25-dekabr soat 20:30 larda muqaddam sudlangan 30 yoshli Abduxamid tanishlari 26 yoshli Sagdulla, Shoxrux hamda 25 yoshli Xasan va Davron ismli shaxslar bilan yuqorida koʻrsatilgan manzilga bosqinchilik yoʻli bilan kirib borgan.

Ular fermer xoʻjaligi qorovulxonasidagi oynani sindirib, oyna sinigʻi va oʻsha yerda boʻlgan yogʻoch tayoqlar bilan qurollanib, xoʻjalikning 9 nafar ishchilariga hujum qilib, oʻldirish bilan qoʻrqitib, ularga turli xil tan-jarohatlari yetkazib, ikki dona narxi 120 000 soʻmlik “MAXVI” rusumli qoʻl telefonlari va narxi 145 000 soʻmlik qora rangli kurtka, narxi 150 000 soʻm boʻlgan “FLY” rusumli qoʻl telefoni, narxi 40 000 soʻmlik “Nokia 1110” rusumli uyali telefoni hamda narxi 180 000 soʻmlik “INOI” rusumli uyali telefonlarini talon-taroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Natijada fermer xoʻjalik ishchilari turli tan jarohatlari bilan Ohangaron tumani markaziy shifoxonasiga murojaat qilishgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida yuqoridagi shaxslardan ashyoviy dalil tariqasida talon-taroj etilgan buyumlar rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov jarayonida yuqoridagi jinoyatni sodir etgan shaxslarning har biriga ayblov eʼlon qilinib “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.