Loyihaning umumiy qiymati 5,0 mln AQSH dollari boʻlib, ushbu mablagʻlarning barchasi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya hisoblanadi.

Loyihaning yillik ishlab chiqarish quvvati qariyb 219 ming m3 ga teng boʻlib, jami yaratiladigan yangi ish oʻrinlari soni esa 150 tani tashkil etadi. Korxonada oʻtgan yil yakuniga qadar 5 553 mln dollar miqdorida mablagʻ oʻzlashtirgan boʻlib, Xitoy davlatidan zamonaviy texnologiyaga asoslangan asbob-uskunalar olib kelindi.

Rejaga koʻra, loyihani joriy yilning birinchi choragida foydalanishga topshirish koʻzda tutilgandi. Lekin pandemiya sababli bu ish biroz choʻzildi. Bugungi kunda korxona qisman ishga tushirilgan boʻlib, namuna sifatida gazoblokbeton ishlab chiqarilmoqda.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlumotlariga koʻra, loyihaga koʻra, tayyorlanayotgan gazoblokbeton mahsulotlari ichki bozor bilan birga, qoʻshni davlatlarga ham eksport qilish moʻljallangan.