Loyihaning umumiy qiymati 5 million AQSh dollaridan iborat boʻlib, uning atrof-muhitga taʼsiri kam boʻladi.
Korxona foydalanishga topshirilgach, yiliga 70 million dona pishgan gʻisht ishlab chiqariladi. Shuningdek, mahalliy aholi uchun 50 ga yaqin yangi ish oʻrni ham yaratiladi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlumotlariga koʻra, mazkur zavod joriy yilning oktyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.