Xususan, 2-sektor rahbari, tuman prokurori tashabbusi bilan “AGRO MIR” masʼuliyati cheklangan jamiyati qishloq xoʻjalik kooperatsiyasi tomonidan 50 nafar yigit-qizga jami 15 gektar yer ajratilib, eksportbop qalampir navlari ekilgandi. Shu bilan birga, tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi 109 mln. soʻm miqdorida subsidiyalar ham ajratgandi.

Mehr bilan parvarishlangan qalampirlar bugun hosilga kirdi. Ayni paytda yoshlar oʻz mehnatlarining samarasi oʻlaroq, yetishtirilgan hosilni yigʻishtirib olishni boshlashdi.

Gektaridan15 tonnadan hosil olish koʻzda tutilgan boʻlib, kooperatsiya tomonidan yoshlarga qalampirning har bir kilosi uchun 2 000 soʻmdan pul toʻlanyapti. “AGRO MIR” MCHJ qishloq xoʻjalik kooporatsiyasi turkiyalik hamkorlar bilan imzolagan shartnomaga koʻra, hosilning barchasi eksport qilinadi.