Dasturlar doirasida ajratilgan kreditlarning 648 milliard so‘mi (18%) yuridik shaxslar va YaTTlarga, 2 trillion 931 milliard so‘mi (82%) o‘zini o‘zi band qiluvchi jismoniy shaxslarga ajratilgan. Bunda asosiy e’tibor aholini qo‘shimcha daromad manbalariga ega bo‘lishiga hamda kafolatlangan yangi ish o‘rinlarini yaratishni nazarda tutuvchi tadbirkorlik sub’ektlarini loyihalarini moliyalashtirishga qaratildi.
Ushbu kreditlarning 84% (3,0 trillion so‘mi) «Har bir oila – tadbirkor» dasturi, 16% (576,2 milliard so‘mi) boshqa dasturlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mazkur mablag‘larning 1 trillion 568 milliard so‘mi xotin-qizlar tadbirkorligini, 1 trillion 577 milliard so‘mi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga ajratilgan, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.