OIV profilaktikasi odatda virus tashuvchilari bilan aloqada boʻlgan odamlarda infeksiyani oldini olish uchun ogʻiz orqali yoki inyeksiya yoʻli bilan dori-darmonlarni qabul qilishni oʻz ichiga oladi.
Biroq bemorlar koʻpincha u yoki bu sabablarga koʻra dori-darmonlarni qabul qilmay qolishadi, bu esa himoya samaradorligini pasaytiradi.
Yangi yondashuv bu muammoning oldini olishga yordam beradi, chunki kerakli moddalar muntazam ravishda titan implanti yordamida yetkazib beriladi. Usul 20 oy davomida toʻrtta maymunda sinovdan oʻtkazildi, u oʻzining xavfsizligi va samaradorligini koʻrsatdi.
Jamoa hozirda odamlarda oʻtkaziladigan uch yillik sinovlarga tayyorlanmoqda. Agar tajribalar muvaffaqiyatli oʻtsa, implant besh yil ichida ommaga taqdim etilishi mumkin, deb xabar beradi lenta.ru.