Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, 25 millimetrdan kattaroq plastmassa bo'laklari okeanda suzib yuruvchi plastikning 95 foizdan ortig'ini tashkil qiladi.

Okeanlardagi plastik chiqindilarning og'irligi 25 million tonnadan ortiq deb baholanadi, shundan chorak million tonnasi suv yuzasida suzib yuradi. Biroq tadqiqotchilar okean yuzasidagi plastmassa miqdori aslida ancha ko'p, ya'ni 3 million tonna atrofida ekanligini aytishdi. Shunga qaramay, har yili okeanga ilgari taxmin qilinganidan kamroq, ya'ni 4-12 million tonna o'rniga yarim million tonna plastik tashlanmoqda, deb xabar beradi lenta.ru.

Tadqiqot mualliflarining fikriga ko'ra, chiqindilarni tozalash va kamaytirish bo'yicha ishlar amalga oshirilmagan taqdirda plastik chiqindilar yigirma yil ichida ikki baravar ko'payishi mumkin.