Bu haqda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti geografiya fakulteti okeanologiya kafedrasi katta o'qituvchisi Sergey Muxametov ma'lum qildi.
“Isiganda suv kengayadi va ko'proq hajmni egallaydi, biosferaga ta'sir qiladi, shuning uchun suvning kislotaligi ham ortadi. Bundan tashqari, iliq suv karbonat angidridni o'zlashtirishga qodir emas va bu global isishni tezlashtiradi”, dedi okeanolog.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, ustki qatlamdagi jarayonlar butun okean haroratiga deyarli ta'sir qilmaydi, chunki suv sirtiga tushadigan asosiy yorug'lik oqimi yuz metrdan oshmaydi. Biroq aynan okeanlar atmosfera bilan o'zaro ta'sirga kirishadi. Shu bois uning haroratining oshishi mazkur o'zaro ta'sirning ssenariysiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi, deb xabar beradi mir24.tv.