OKMKda ilk bor nanotexnologiyalar bo‘yicha patent olindi

    Sanoat 7 Noyabr 2023 1521

    Olmaliq kon-metallurgiya kombinati olimlari va mutaxassislarining navbatdagi kashfiyotiga ixtiro patenti berildi. Qattiq qotishmalarga qo‘shish uchun volfram nano kukunini olish usuliga taqdim etilgan ushbu patent 100% OKMKga tegishli.

    Ushbu usul kukun metallurgiyasida, nanokukunlarni olish va qo‘llashda foydalaniladi. Mazkur usul orqali qattiq qotishmalar ishlab chiqarish jarayonida qotishmaning mustahkamligi 16%ga oshiriladi. Qattiq qotishmalarda eng og‘ir holatdagi parametr bu mustahkamlik bo‘lib, yangi ixtiro yuklama (bosim ostida) qotishmani sinib ketmasligini oldini oladi. Nanokukunlar qotishma ishlab chiqarishda rekristallizatsiya jarayonida faol qatnashib, zich materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

    Hozirda ushbu ixtiro OKMKning Chirchiq shahridagi tarkibiy bo‘linmasida qattiq qotishmalar ishlab chiqarishda qo‘llanilmoqda.