Okrug komissiyasining dastlabki yigʻilishi oʻtkazildi

    Ayni vaqtda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi boʻyicha joriy yilning 30-aprel kuniga belgilangan referendumni oʻtkazish boʻyicha tayyorgarlik qizgʻin pallaga kirdi.

    Ayni vaqtda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi boʻyicha joriy yilning 30-aprel kuniga belgilangan referendumni oʻtkazish boʻyicha tayyorgarlik qizgʻin pallaga kirdi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va mamlakatimizning barcha viloyatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Referendumini oʻtkazuvchi okrug komissiyalari faoliyatini boshladi. Xususan, 5- Navoiy okrug komissiyasi ham oʻzining dastlabki yigʻilishini oʻtkazdi.

    Unda okrug komissiyasi raisi Nazira Togʻayeva viloyatda referendumni oʻtkazish boʻyicha tayyorgarlik jarayonlari va amalga oshirlayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

    – Okrug komissiyasi oʻz faoliyatini qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik tamoyillari asosida tashkil etadi. Komissiya qarorlari ochiq ovoz berish orqali komissiya umumiy tarkibining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinishi taʼminlanadi, – deydi Referendum oʻkazuvchi 5-Navoiy okrug komissiyasi raisi Nazira Togʻayeva.

    Jarayonda referendumni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida 5-Navoiy okrug komissiyasining referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish kalendar rejasi komissiya aʼzolari eʼtiboriga havola etildi. Albatta, ushbu reja refeyendum jarayonini toʻgʻri va samarali tashkil etish, mavjud kuch va imkoniyatlarni oqilona taqsimlash hamda yoʻnaltirishda muhim omil hisoblanadi.

    Shu asosdaOʻzbekiston Respublikasi Referendumini oʻtkazuvchi 5-Navoiy okrug komissiyasining “Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha ish va kalendar rejasi” komissiya aʼzolari tomonidan tasdiqlandi.

    Kun tartibidagi navbatdagi masalalarda Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida okrug komissiyasi aʼzolarining navbatchilik jadvalini tasdiqlash, 5- Navoiy okrug komissiyasi hududida 411 ta uchastka Referendum komissiyalari tuzish, okrug komissiyasining ish hujjatlari nomenklaturasi toʻgʻrisidagi masalalari koʻrib chiqilib, okrug komissiyasi aʼzolari tomonidan tasdiqlandi.

    Qayd etish joiz, referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida qonuniylik, mustaqillik, xolislik, ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik tamoyillariga toʻla amal qilishda ommaviy axborot vositlari bilan hamkorlikni kuchaytirishni taqozo etadi. Shu bois yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Referendumini oʻtkazuvchi 5-Navoiy okrug komissiyasi huzurida matbuot markazi tuzish toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqilib, markaz rahbari va uning aʼzolari tarkibi tasdiqlandi.

    Yigʻilishda okrug komissiyalari aʼzolari koʻrib chiqilgan har bir masala boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi va Oʻzbekiston Respublikasi Referendumini oʻtkazuvchi 5-Navoiy okrug komissiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi.