Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida maʼlum qildi.

«Shuni quvonch va iftixor bilan aytmoqchimanki, Oksford universitetining “Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari” fakultetida endilikda oʻzbek va eski oʻzbek tillari oʻrganiladi.
Universitetdan Prezidentimiz rahbarligida Oʻzbekistonda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va imkoniyatlarini kengaytirish borasida erishilgan yutuqlarning eʼtirofi sifatida mukofot qabul qilganimdan xursandman», — deydi Saida Mirziyoyeva.

Shuningdek, u Mirzo Ulugʻbekning “Ziji Koʻragoniy”, Alisher Navoiyning “Xamsa”, Husayn Boyqaroning “Devoni Husayniy”, Boburiylar davriga oid miniatyuralar va boshqa koʻplab nodir kitoblar saqlanayotgan Bodlian kutubxonasi bilan tanishuv iliq taassurot qoldirganini taʼkidladi.