Harorat asosan kechalari 10-15 daraja, kunduz kunlari 23-28 daraja boʻladi.

29-30-sentyabr kunlari respublikaning baʼzi joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda: havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 30-sentyabr shanba kuni kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol asosan sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 30-sentyabrda 10-12 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 12-15 daraja, kunduzi 23-26 daraja boʻladi, deb xabar beradi gidrometeorologiya xizmati agentligi.