Xabarda aytilishicha, oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida 22,3 million kVt⋅soat elektr energiyasi (63,9 milliard soʻm) va 11,4 million kub metr tabiiy gaz (35 milliard soʻm) noqonuniy ravishda sarflangani maʼlum boʻldi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, tizimga yetkazilgan umumiy zarar 99 milliard 15 million soʻmni tashkil etgan.
Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq 479 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi.
Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.








