Biolog Brett Uilyamsning so‘zlariga ko‘ra, urug‘lar Yer sun’iy yo‘ldoshiga “Beresheet-2” kosmik kemasi orqali yetkaziladi. Oyga yetkazilgandan so‘ng, o‘simliklar sug‘orish tizimi bilan jihozlangan germetik kameralarga joylashtiriladi, bu olimlarga ekinlarning o‘sishini kuzatish imkonini beradi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Oyga yetkaziladigan o‘simliklar ekstremal sharoitlarga qanchalik bardosh bera olishi va qanchalik tez unib chiqishiga qarab tanlanadi.
“Loyiha Oyda inson hayotini yaratishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat, dori-darmon va kislorod uchun o‘simliklar yetishtirish yo‘lidagi birinchi qadamdir”, — deyiladi tadqiqotchilar bayonotida.
Kanberradagi Avstraliya Milliy universiteti dosenti Keytlin Birtning aytishicha, tadqiqot iqlim o‘zgarishi sababli oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq xavotirlar tufayli boshlangan.
“Agar biz Oyda o‘simliklar yetishtirish tizimini yarata olsak, unda biz Yerdagi eng qiyin sharoitda u yerda oziq-ovqat yetishtirishimiz mumkin bo‘ladi”, dedi Birt.