Akkumulyator Graphene Manufacturing Group kompaniyasi tomonidan Avstraliyaning Bioinjeneriya va nanotexnologiya universiteti ishlanmalari asosida tayyorlandi.
Muhandislarning aytishicha, mazkur akkumulyator alyuminiy va grafendan tayyorlangani, uning tarkibida noyob metallar yoʻqligi bois, narxi litiy-ionli muqobiliga qaraganda arzonroq.
Qolaversa, ular yonib ketmaydi, turli haroratga chidamli.
Bunday akkumulyatorlarni keyingi yildan boshlab ommaviy ishlab chiqarish moʻljallanmoqda. Avvaliga ularni elektromobillarda qoʻllab koʻrish, keyinchalik boshqa uskunalarda foydalanish koʻzda tutilgan.