Karnegi-Mellon universitetidagi Future Interfaces Group (FIG) tadqiqotchilari Kreyg Shults va Kris Garrison o'rnatilgan elektroosmotik nasoslar yordamida shaklni o'zgartiruvchi displeyning miniatyura turini ishlab chiqishdi.

Ekran qismlari suyuqlik bilan shishirilishi va dastlabki holatga qaytarilishi mumkin.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, o'rnatilgan elektroosmotik nasoslar – bu smartfon yoki avtomobil displeyi kabi sensorli qurilmaga o'rnatiladigan nozik qatlamdagi suyuqlik nasoslarining bo'shliqlaridir.

Ekrandagi elementga tugma kerak bo'lganda, suyuqlik qatlamining bir qismini to'ldiradi va yuqoridagi panel bu shaklni hosil qilish uchun buklanadi, deb xabar beradi korrespondent.net.