Demensiya – bu orttirilgan aqliy zaiflik. Ilgari olingan bilim va amaliy ko'nikmalarning u yoki bu darajada yo'qolishi bilan aqliy faoliyatning doimiy pasayishi. Ko'pincha, bu holat keksalik davrida kuzatiladi.

Tadqiqotchilar aqliy munosabat va demensiya xavfi o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganuvchi sakkizta keng ko'lamli tadqiqot natijalarini tizimli ko'rib chiqishdi hamda meta-tahlil o'tkazishdi. Umuman olganda, tadqiqotda sayyoramizning uchta qit'asida yashovchi 50 yoshdan oshgan 62 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.

Olimlarning aniqlashicha, inson o'z hayotining mazmuni, maqsadi va ahamiyatini qanchalik kuchli his qilsa, demensiyaga olib keladigan yoshga bog'liq kognitiv buzilishlar xavfi shunchalik past bo'ladi.

Xususan, hayotda maqsad qo'yib yashash xotira, nutq va fikrlash bilan bog'liq muammolarning 19 foizga kamayishini ta'minlaydi.

Oldingi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, hayotidan mamnunlik stressni yengishga yordam beradi va miyadagi yallig'lanish darajasini hamda demensiya xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari, hayotda maqsadi bor odamlar ko'proq jismoniy va ijtimoiy faol hayot kechirishadi, bu ham demansiya xavfini kamaytiradi, deb xabar beradi mail.ru.