Olimlar dunyo okeanlarining sathi oʻn metrga koʻtarilishini maʼlum qildi

    Olimlarning taʼkidlashicha 2300-yilga kelib dunyo okeanlarining suv satxi 10 metrgacha koʻtarilishi mumkin.

    Bu haqda Buyuk Britaniyaning “The Guardian” nashriga Durem universitetining geografiya kafedrasi dotsenti Tom Chudli maʼlum qildi.

    Nashrning yozishicha, 2016-yildan 2021-yilgacha iqlim oʻzgarishi sababli Grenlandiya muz qatlami kutilganidan tezroq yorilib keta boshlagan va yoriqlar uzoq vaqt davomida sezilarli darajada kattalashgan.

    Olimlarning fikricha, ushbu yoriqlaring kattalashishiga issiq havo tufayli muzning erishi kuchayishi va okean haroratining koʻtarilishi sabab boʻlmoqda.

    “Yuqoridagi holatlar dengiz sathining 2100-yilda bir metrga, 2300-yilga kelib esa 10 metrga koʻtarilishiga olib kelishi mumkin”, — deyiladi nashrda.