Muz bo'lagi 1986-yilda muzlikdan ajralib chiqdi, ammo 30 yildan ko'proq vaqt davomida “qamal”da bo'ldi. Yaqinda u harakatlana boshladi va hozirda Antarktida yarim oroli oldidan o'tib ketmoqda.
O'lchovlar shuni ko'rsatdiki, aysbergning maydoni 1500 kvadrat milya (3884,98 kvadrat kilometr), hajmi million kub kilometrga yaqin va og'irligi bir trillion tonnadan ozroq. Shunday qilib, aysberg Parijdagi Eyfel minorasidan 100 million marta og'irroq.
Muz bo'lagi “tish”ga o'xshaydi. To'lqinlar va shamol ta'sirida u shimol tomonga kuniga taxminan 48 kilometr tezlikda harakat qilyapti.
Yevropa koinot agentligidan olingan sun'iy yo'ldosh suratlarida aysberg Antarktika yarim oroliga yaqin joylashgan Klarens va Elefant orollariga yaqinlashayotganini ko'rsatdi. Katta ehtimol bilan u Janubiy Atlantikadagi Aysberglar xiyoboniga yetib borib, iliqroq suvda asta-sekin parchalanib ketishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.