Fornaks turkumidagi mintaqada olimlar yuzasi tosh bilan qoplangan eng katta ekzosayyoralardan birini topdi, deya xabar qiladi RIA Novosti.
Aslida bu sayyora gaz gigantining orqasidagi yalangʻoch yadro boʻlib chiqdi. Obyekt TOI 849b deb nomlangan. Olim Devid Amstrongning soʻzlariga koʻra, topilmaning tuzilishi Yupiterga oʻxshash boʻlib, koʻp miqdordagi vodorod va geliy bilan qoplangan.
Shunisi eʼtiborga molikki, soʻnggi bir necha yil ichida astronomlar Yerga oʻxshash 1000 dan ortiq kosmik jismlarni aniqladilar. Ularning asosiy qismi “Yupiterlar” deb nomlanadi. Yaʼni massasi Yupiternikiga oʻxshash, ammo ayni paytda ular yulduzga juda yaqin joylashgan.
Kuzatuvlar jarayonida Yerdan ancha kichik boʻlgan sayyorlar ham topilgan. Tadqiqotchilar umid qiladilarki, har bir kashfiyot bir kuni koinotda hayotning yangi belgilarini topishda muhim ahamiyat kasb etadi.