Olimlar Yer yadrosi aylanishi sekinlashayotganini aniqlashdi

    Yerning ichki yadrosi aylanishi asta-sekin sekinlashmoqda va Yer yuzasiga qaraganda sekinroq harakat qilyapti.

    Bu haqda Nature jurnali ma'lum qildi.

    Janubiy Kaliforniya universitetining amerikalik va xitoylik olimlari ana shunday xulosaga kelishdi.

    “Yer ichki yadrosining harakati yigirma yil davomida ilmiy hamjamiyat tomonidan muhokama qilinmoqda, ba'zi tadqiqotlar hatto ichki yadro Yer yuzasidan tezroq aylanayotganini ko'rsatmoqda. Biroq, Janubiy Kaliforniya universitetining yangi ma'lumotlarini inkor etib bo'lmaydi. 2010-yilda ichki yadroning aylanish tezligi sekinlashdi va Yer yuzasi tezligidan orqada qola boshladi, deyiladi universitet saytida.

    Professor Vidalning so'zlariga ko'ra, Yer yadrosi aylanishining sekinlashishi Yerning magnit maydonini vujudga keltiradigan atrofdagi suyuq mantiyaning biroz chayqalishi, shuningdek, qattiq mantiyaning yuqori qatlamlarining tortishishi ta'siridan kelib chiqadi.

    Olimlar hali ham bu sekinlashuvning oqibatlari qanday bo'lishi mumkinligi borasida ma'lum bir to'xtamga kelishga shoshilishmayati. Professor Vidalning so'zlariga ko'ra, bu kunning uzunligini deyarli sezilmaydigan miqdorga, soniyaning mingdan bir qismiga o'zgartirishi mumkin. Biroq, olimlar jarayonni diqqat bilan kuzatib borish niyatida, deb xabar beradi report.az.