Olimlar ishga uzoq yo‘l yurish psixikaga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdi

    Janubiy koreyalik olimlar uzoq qatnovlar va ruhiy kasalliklar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdi.

    23 000 kishi ishtirokida oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, ishga borishi bir soatdan koʻproq vaqtni oladiganlar yarim soat ichida boradiganlarga nisbatan depressiv kasallikka chalinish ehtimoli 16 foizga koʻproq boʻlgan

    Tadqiqotchilar taʼkidlashicha ish joyiga koʻp vaqt sarflaydigan odamlar koʻpincha semirib ketishadi, harakatsiz turmush tarzini olib boradilar. Bundan tashqari, tirbandliklar hamda avtomobillardan chiqayotgan chiqindi gazlar tufayli qon bosimining oshishiga sabab boʻladi.

    Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, depressiv buzuqlikni rivojlanish xavfi yuqori boʻlganlar, birinchi navbatda, haftasiga 52 soatdan ortiq ishlaydigan turmushga chiqmagan qizlar, bolali onalar va kam maoshga ega boʻlgan ayollardir.