Ular buni havodagi karbonat angidridni o'zlashtirib, foydali materialga aylantira oladigan bakteriya yordamida amalga oshirdi.

Olimlar buning uchun Cupriavidus necator bakteriyasi yordamida ikki komponentli tizim prototipini ishlab chiqishdi, deyiladi korrespondent.net saytida.

“Agar bu jarayon qayta tiklanadigan manbalar hisobidan amalga oshirilsa, muhandislar qazib olinadigan yoqilg'idan foydalanmasdan bioplastik yaratishning eng ekologik toza usulini yaratishi mumkin. Shu bilan birga, karbonat angidrid ishlatiladi va bu sayyoramizning global isishini sekinlashtiradi, dedi olimlar.