Mutaxassislar biomateriallarni modellashtirish uchun ramkasiz platforma yaratishdi, buning natijasida yangi mushaklar dastlab sun'iy muhitda o'stiriladi va keyin bemorning tanasiga integratsiya qilinadi.

Olimlarning ta'kidlashicha, bu tarzda hosil qilingan mushaklar tabiiy ravishda hosil bo'lgan mushaklardan farq qilmaydi. Bu tananing implantatsiya qilingan to'qimalarni rad etilishining oldini olishga yordam beradi.

Texnologiya mushak massasining volumetrik yo'qolishiga qarshi kurashish uchun qo'llanilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda dunyo bo'ylab yuz minglab odam ushbu davolab bo'lmaydigan kasallikdan aziyat chekmoqda. Bundan tashqari, hayvonlar go'shtini sun'iy muhitda yetishtirishda mazkur usuldan foydalanish mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.