Pessimistik prognozlarga ko'ra, 2024-yil oxirigacha bunday isish global haroratni butunlay boshqacha darajaga olib chiqishi mumkin. Nima bo'layotganini mutaxassislar ayta olishmayapti, lekin kelgusi oylarda Tinch okeanining ekvator atrofidagi yer usti suvi haroratining o'zgarishi sezilarli bo'lishini taxmin qilishyapti.

Bu iqlimga kutilmagan ta'sir ko'rsatishi, shuningdek, dengiz mavjudotlarining ommaviy nobud bo'lishiga olib kelishi va okean suvining issiqxona gazlarini o'zlashtirish qobiliyatini kamaytirishi mumkin, bu esa o'z navbatida Yerdagi iqlimning yanada keskin o'zgarishiga olib keladi.

Olimlar hali xulosa chiqarishga shoshilmayapti, biroq ular sayyorada isish asta-sekin emas, balki to'satdan davom etishini va global iqlimning navbatdagi o'zgarishiga guvoh bo'lish mumkinligini eslatib o'tishmoqda, deyiladi aif.ru saytida.