Tadqiqotda o'rtacha tana massasi indeksi 35,8 bo'lgan 62 nafar ko'ngilli ishtirok etdi. Tajriba ishtirokchilari ikki guruhga bo'lingan: biri O'rta yer dengizi parheziga rioya qilgan, ikkinchi guruh esa oddiy ovqatlar iste'mol qilgan.

Tadqiqotchilar qon testlarini o'tkazishdi va ishtirokchilarning sog'lig'i haqidagi ma'lumotlarni umumlashtirishdi. Tadqiqot oxirida yana qon testlari o'tkazildi.

O'rta yer dengizi parheziga rioya qilgan ishtirokchilarda insulin darajasining pasayishi kuzatildi.

Shu tariqa sabzavot, mevalarlar va baliqlarni o'z ichiga olgan O'rta yer dengizi parhezi insulin darajasini nazorat qilishda samarali ekani ma'lum bo'ldi, deb xabar beradi lenta.ru.