Zamonaviy Rossiya tarixidagi Oyga birinchi missiyaning amalga oshirilishi 11-avgustga rejalashtirilgan, zaxira sanasi 12-avgust. Bu haqda 18-iyul kuni Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti yadroviy planetologiya bo'limi boshlig'i Igor Mitrofanov xabar berdi.
“Vostochniy kosmodromidan uchirilish sanasi 11-avgustga rejalashtirilgan, zaxira sanasi esa 12-avgust”, dedi Mitrofanov.
Iyul oyida Luna-25 stansiyasi kosmodromga ko'chirildi.
Loyihaning maqsadi – Oyning janubiy qutbi mintaqasida tadqiqot o'tkazish uchun avtomatik zondning parvozini amalga oshirish, deb xabar beradi korrespondent.net.