Olimlar samolyot dvigatelidan ham balandroq ovozga ega mitti baliqlarni topishdi

    Nemis olimlari Danionella cerebrum turidagi baliqlar 140 detsibeldan oshadigan tovush chiqarishi mumkinligini aniqlashdi.

    Bu kashfiyot Berlindagi Eynshteyn nomidagi Neyrobiologiya markazi va boshqa ilmiy muassasalar mutaxassislari tomonidan ma'lum qilindi. Ular tovush hosil bo'lish mexanizmi va uning paydo bo'lishining evolyutsion sabablarini o'rganib chiqishdi.

    Mazkur baliqlarning o'lchami 12 millimetrdan oshmaydi. Ular karpsimonlar oilasiga mansub bo'lib, Janubi-Sharqiy Osiyodagi suv havzalarda yashaydi. Olimlarning fikriga ko'ra, baland ovoz baliqlarga ushbu tabiiy hududga xos bo'lgan loyqa daryolarda shu turga mansub boshqa baliqlar bilan muloqot qilishda yordam beradi.

    “Mazkur kichik baliq 10-12 millimetr masofada 140 detsibeldan ortiq tovushlarni chiqara oladi – buni 100 metr masofada samolyotning uchish vaqtida chiqaradigan shovqini bilan solishtirish mumkin va bu mitti baliq uchun juda g'ayrioddiy holat, dedi doktor Ralf Brits.

    Yuqori tezlikdagi videotasvirlar va mikrokompyuterli tomografiya kabi usullardan foydalanganish orqali erkak baliqlarning noyob tovush chiqaruvchi apparatga ega ekanligi aniqlandi, deb xabar beradi involta.media.