Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Ushbu amaliyot kimyoterapiya muolajasidan farqli oʻlaroq, sogʻlom hujayralarga zarar yetkazmaydi. Buning uchun xavfli oʻsimtani oziqlantiruvchi tomirlar devorlarida toʻplanadigan nanozarrachalar yaratildi.
Mazkur usulda asta-sekin zarrachalar parchalanib, ular tarkibiga joylashtirilgan preparat ajralib chiqadi va faqat oʻsimta toʻqimalariga kirib, uni yoʻq qiladi. Bu esa nojoʻya taʼsirlar xavfini kamaytiradi.
“Saraton hujayralarini yoʻq qilish unchalik qiyin emas, bunga qarshi koʻplab birikmalar mavjud. Muammo — sogʻlom hujayralarga zarar bermaslik. Kimyoterapiyaning bu boradagi asoratlarini bilamiz. Shuning uchun biz xuddi igna singari toʻgʻridan toʻgʻri oʻsimta joylashgan nuqtaga yoʻnaltiriladigan tizimni ishlab chiqdik”, — deydi tadqiqot mualliflaridan biri Aleksey Yermakov.
Qayd etilishicha, tegishli klinik sinovlardan soʻng ushbu tadqiqot natijalari tibbiy amaliyotga tatbiq etilishi mumkin.