Passiv chekish o'pka va boshqa ichki organlarga salbiy ta'sir qiladi. Shu bilan birga, olimlar uning teriga ham ta'sir qilishini isbotladi. Bu haqda Lancet nashri xabar bermoqda.
Xususan, mutaxassislar tomonidan 22 yoshdan 45 yoshgacha bo'lgan sog'lom va chekmaydigan o'n nafar shaxsdan uch soat davomida tamaki tutuniga namlangan kiyim kiyish, shuningdek, ularga tamaki tutuni teri orqali tanaga kirishi uchun yugurish yo'lakchasida 15 daqiqa vaqt sarflash so'raldi.
Qon va peshob namunalarini olingandan so'ng, olimlar guruhi DNKni oksidli zararlanishini ko'rsatadigan biomarkerlar darajasi oshgani hamda qon oqsillari miqdori o'zgarganini aniqladi.
“Bizning kiyim tutuniga ta'sir qilishimiz terida turli qo'zg'alishlarni yuzaga keltirmadi, ammo kontakt dermatit, psoriaz va boshqa teri kasalliklarining erta faollashishi bilan bog'liq belgilar yuzaga keldi, deydi tadqiqot muallifi Sheyn Sakamaki-Ching.
Avvalroq, tadqiqotchilar ruhiy tushkunlik yoki yolg'izlikni his qilish odamlarni chekishdan ko'ra tezroq qarishishiga sabab bo'lishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.