Prezident SHavkat Mirziyoev 2020 yil 31 yanvar` kungi Geologiya qo'mitasida matematika, kimyo, biologiya va geologiya sohalarida ilm-fanni rivojlantirish, olimlarning soha vazirliklari, ishlab chiqarish va xo'jalik birlashmalari, ta'lim muassasalari bilan hamkorligini yangi sifat bosqichiga olib chiqish vazifalarini belgilash to'g'risida o'tkazilgan yig'ilishda O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasiga O'zFA Bioorganikkimyo instituti olimlarining Orol dengizining qurigan tubida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishi uchun sharoit yaratish uchun bir dona avtotransport vositasini xomiylik tarzida ajratish topshirig'i bergandi.
Mazkur avto mashina Orol bo'yi mintaqasi hududida tarqalgan o'simlik xilma-xilligini o'rganish uchun ushbu avtomashina katta yordam beradi.
“Mintaqadagi o'simliklarning vegetatsion davrlarini monitoring qilish imkoniga ega bo'ldik. Kelgusida o'rmon xo'jaligi uchun sho'r va qurg'oqchilikka chidamli o'simliklarni yaratish bo'yicha ilmiy tadqiqot olib boramiz”, deydi O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Bioorganik kimyo instituti etakchi ilmiy xodimi Sanjar SHerimbetov.