Marosimda Navoiy viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi S.Mirzayev, Nurota tuman hokimi U.Xalilov, hamda viloyat, tuman sektor rahbarlari va keng aholi ishtirok etdi.
Shuningdek, dzyudo boʻyicha Tokio-2020 sovrindori Davlat Bobonov tumandagi 13 umumtaʼlim maktabida yosh sportchilar bilan uchrashib master-klass oʻtkazdi, deb xabar beradi Navoiy viloyat hokimligi matbuot xizmati.