Temur Kapadze murabbiyligidagi futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya milliy jamoasi ertaga Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini  boshlaydi. Yigʻin doirasida uchta oʻrtoqlik bahsi oʻtkazish rejalashtirilgan.

 Birinchi uchrashuv 11-iyunda Fargʻonada Qirgʻiziston U-23ga qarshi boʻlib oʻtadi. Yigʻinning ikkinchi qismi Xitoyda davom etada va olimpiyachilarimiz  16-19-iyun kunlari ushbu mamlakat termasiga  qarshi maydonga tushadi.

Yigʻinga quyidagi futbolchilar jalb etilgan:

Darvozabonlar: Vladimir Nazarov (“Neftchi”), Hamidullo Abdunabiyev (“Olimpik”), Otabek Boymurodov (“Paxtakor”). 

Himoyachilar: Muhammalqodir Hamraliyev (“Paxtakor”), Eldor Begimov (OKMK), Odil Abdumajidov (“Olimpik”), Saidafzal Ahrorov (“Turon”), Javohir Oʻtamurodov (“Nasaf”), Jahongir Oʻrozov (“Bunyodkor”), Zafarmurod Abdurahmatov (“Nasaf”), Mahmud Mahamadjonov (“Bunyodkor”), Saidazamat Mirsaidov (“Olimpik”).

Yarimhimoyachilar: Umarali Rahmonaliyev (“Rubin”, Rossiya), Farrux Muxrorov (“Olimpik”), Muhammadaziz Ibrohimov (“Olimpik”), Abdurauf Boʻriyev (“Olimpik”), Jasur Jaloliddinov (“Olimpik”), Behruz Asqarov (“Paxtakor”), Ibrohim Ibragimov (“Metallurg”). 

Hujumchilar: Otabek Joʻraqoʻziyev (“Olimpik”), Alisher Odilov (“Olimpik”), Ulugʻbek Hoshimov (“Neftchi”), Husayn Norchayev (“Alaniya”, Rossiya), Ruslan Jiyanov (“Olimpik”), Poʻlatxoʻja Xoldorxonov (“Paxtakor”).