Shu sababli, 2021-yil 9-avgust kuni soat 21:00 dan soat 23:00 ga qadar:
- Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportidan Qumariq koʻchasiga chiqishdan boshlab Qumariq koʻchasi boʻylab Bobur koʻchasi kesishmasigacha;
- Qumariq va Bobur koʻchalari kesishmasidan Bobur koʻchasi boʻylab Nukus va Bobur koʻchalari kesishmasigacha;
- Nukus va Bobur koʻchalari kesishmasidan Nukus koʻchasi boʻylab Nukus va Oybek koʻchalari kesishmasigacha;
- Oybek va Nukus koʻchalari kesishmasidan Oybek hamda Afrosiyob koʻchalari boʻylab Afrosiyob va Sharof Rashidov koʻchalari kesishmasigacha;
- Afrosiyob va Sharof Rashidov koʻchalari kesishmasidan Sharof Rashidov koʻchasi boʻylab Sharof Rashidov va Alisher Navoiy koʻchalari kesishmasigacha;
- Sharof Rashidov va Alisher Navoiy koʻchalari kesishmasidan Alisher Navoiy koʻchasi boʻylab Alisher Navoiy va Amir Temur koʻchalari kesishmasigacha;
- Alisher Navoiy va Amir Temur koʻchalari kesishmasidan Amir Temur koʻchasi boʻylab Amir Temur va Islom Karimov koʻchalari kesishmasigacha;
- Amir Temur va Islom Karimov koʻchalari kesishmasidan Islom Karimov koʻchasi boʻylab Islom Karimov va Botir Zokirov koʻchalari kesishmasigacha;
- Islom Karimov va Botir Zokirov koʻchalari kesishmasidan Botir Zokirov koʻchasi boʻylab ushbu koʻchada joylashgan Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi binosigacha boʻlgan yoʻl transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Tirbandliklarni oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yoʻllardan foydalanish tavsiya etiladi.