Viloyat markazidan 240 kilometr olisda joylashgan Tomdi tumanining «Suketti ovuli aholisining koʻp yillik orzusi roʻyobga chiqdi.

Ovul aholisi uchun yangi ichimlik suv inshooti foydalanishga topshirilishi bilan aholi markazlashgan toza ichimlik suvidan bahramand boʻlish baxtiga musharraf boʻldi.

Ushbu inshoot qurilishiga 1960,1 mln. soʻm mablagʻlar yoʻnaltirilgan boʻlib, 1 dona suv inshooti qurildi hamda 7,8 kilometr ichimlik suv tarmoqlari tortilib, 108 ta xonadonning 430 nafardan ortiq aholisi markazlashgan toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

Hudud aholisi buning uchun Prezidentimizdan va ular uchun nihoyatda qadrli boʻlgan, uzoq kutilgan ushbu obihayot neʼmatini yetib kelishida mehnati singan barcha masʼullardan minnatdor.