Uchrashuv davomida tomonlar keyingi yillarda Malayziya va Oʻzbekiston rahbarlarining oʻzaro munosabatlari mustahkamlanayotgani, buning natijasida ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib, yangi darajaga koʻtarilganligi alohida taʼkidladi.
Jumladan, Oʻzbekistonda keng koʻlamli islohotlar natijasida investitsiya muhiti ijobiy tomonga oʻzgargani mehmon tomonidan alohida qayd etildi.
Oʻz navbatida, bu boradagi hamkorlikni kengaytirishda parlament institutidan keng foydalanish masalalari va kelgusidagi vazifalar muhokama etildi.
Shuningdek, tarixiy qadriyatlar inobatga olingan holda islom sivilizatsiyasini oʻrganish va rivojlantirish yoʻnalishida ilmiy-tadqiqot loyihalarini hamkorlikda olib borish yuzasidan ham fikr almashildi.
Muloqot davomida turizm va savdo-iqtisodiy sohalarda ham aloqalarni rivojlantirish hamda ikki mamlakat xalqlarini birlashtiruvchi madaniy tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.