Joriy yilning 7-10-oktyabr kunlari Turkiyaning Istambul shahrida III Xalqaro Maltepa teatrlar festivali boʻlib oʻtdi.

Unda Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ham ishtirok etdi. Mazkur festivalda Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri turk rejissyor Kubilay Erdilikara tomonidan sahnalashtirilgan N.Gogolning “Tentakning Yozmalari” spektakli bilan festivalning “eng yaxshi spektakli” deb topilib, oliy oʻringa munosib koʻrildi.