Oliy Majlis Senatining 10-yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish masalasi ham koʻrib chiqildi.

Senatning tegishli qaroriga asosan Alisher Usmanov besh yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari – sudlov hayʼati raisi lavozimiga saylandi.

Ikram Muslimov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari – sudlov hayʼati raisi lavozimidan, Nodira Xakimova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.