"Shu asnoda adolat qaror topdi, yillar mobaynida yuzaga chiqmay kelgan haqiqat tantana qildi. Mustaqillik yo'lida fidokorona kurash olib borgan, hatto o'z jonini fido qilgan qatag'on qurbonlarining pok nomlari xalqimiz qalbida mangu yashaydi", — deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, so'nggi yillarda sovet davrida qatag'on qilingan 408 nafar vatandoshimiz reabilitatsiya qilinib, oqlandi.