Tashrif avvalida vazir universitetda tashkil etilgan laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdi.
Chorvachilikda ozuqa bazasini mustahkamlash uchun suvtejamkor texnologiyalar asosida yangi yem-xashak ekinlari navlari ustida ishlash, yaylovlarda oʻsimliklarni turlarini koʻpaytirish borasida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish, mahallalarda aholi xonadonlaridagi chorva hayvonlari uchun veterinariya xizmatini koʻrsatish shohobchalarini tashkil etishni taʼkidladi.
Shuningdek, Q.Sharipov universitetda yoʻlga qoʻyilgan megaloyiha doirasida tashkil etilgan, amaliy darslarni oʻtishga moʻljallangan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash inkubatori — vivariy bilan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi hamda tavsiyalarini berdi.
Tashrif davomida vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov Jahon banki, Islom taraqqiyot banki hamda Halqaro loyihalar doirasida tashkil etilgan 12 ta laboratoriyalar faoliyati bilan tanishib, oʻquv va laboratoriya darslarida talabalar va professor-oʻqituvchilar bilan suhbatlashdi.
Y,Fayzullayev
SamDVMCHBU tyutori