Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

    Daliyev Shohrux Hojiakbarovich oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari, Mahkamov Otabek Muxtorovich oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.

    Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov boshchiligida tashkiliy masalaga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

    Unda Prezidentning tegishli qarori bilan Daliyev Shohrux Hojiakbarovich oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari, Mahkamov Otabek Muxtorovich oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari etib tayinlangani eʼlon qilinib, jamoaga tanishtirildi.

    Odil Abdurahmonov yangi lavozimga tayinlanganlar katta tajriba va malaka ega ekanligini qayd etib, belgilangan vazifalarni aniq rejalar asosida sifatli amalga oshirishiga ishonch bildirdi.