Davlat siyosatining ushbu yoʻnalishida oliy taʼlim muassasalari institutsional salohiyati, boshqaruv samaradorligi va tashqi akademik ishonch masalalari ustuvor ahamiyat kasb etyapti.

Bunga Fargʻona davlat universitetidagi faoliyatim mobaynida oʻzim guvoh boʻlyapman. Jumladan, 2021-yildan buyon universite­timizda moliyaviy barqarorlikni mustah­kamlash, infratuzilmani bosqichma-bosqich rivojlantirishga qaratilgan tizimli cho­ralar koʻrilishi natijasida oʻsha yili 241 milliard soʻm boʻlgan universitet byudjeti 2025-yil yakuniga kelib, 537 milliard soʻm­ga yetdi. Bu koʻrsatkich oliygoh imkoniyatlari kengaygani, taʼlim va ilmiy muhitni zamon talablari asosida yangilash uchun puxta zamin hozirlanganini anglatadi.

Shuningdek, infratuzilma rivoji taʼ­lim yoʻnalishlari va ilmiy faoliyat koʻla­mi bilan hamohang kechdi. Pirovardida fa­kultetlar soni 8 tadan 12 taga, kafedralar 40 tadan 51 taga, taʼlim yoʻnalishlari 60 ta­dan 82 taga, magistratura mutaxassislikla­ri 34 tadan 41 taga yetkazildi. 7 ta ilmiy va 28 ta oʻquv laboratoriyasi tashkil etilib, qoʻ­shimcha oʻquv binolari hamda talabalar turar joylari barpo etildi.

Ilmiy muhitni kuchaytirish, profes­sor-oʻqituvchilar va yosh tadqiqotchilarni ragʻbatlantirishga qaratilgan aniq mexa­nizmlar yoʻlga qoʻyildi. Natijada dis­sertatsiya yoqlashlar soni 51 tadan 126 taga yetib, ilmiy salohiyat 26 foizdan 62 foizga koʻtarildi.

Hozir universitetda mahalliy va xal­qaro grantlar doirasida ilmiy tadqiqot va innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu loyihalar taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlashga xizmat qil­moqda.

Taʼlim sifatini oshirish maqsadida yetakchi OTMlarning 300 talik roʻyxatidagi universitetlar tajribasi asosida 454 ta oʻquv dasturi takomillashtirildi. Elektron kutubxona bazasi 95 foizgacha kengaytirildi, oʻqitish jarayonida raqamli yechimlar joriy etildi.

“Yashil oliygoh” tashabbusi doirasida universitet binolariga quyosh panellari oʻr­natilib, barqaror rivojlanish tamoyilla­ri amaliyotga tatbiq etildi. Universitetda umumiy qiymati 2 milliard 298 million soʻmlik 19 ta mahalliy, 3 ta xalqaro va 1 ta startap loyiha amalga oshirilmoqda. Bu koʻr­satkichlar yoshlar tashabbuslari faol qoʻllab- quvvatlanayotgani, ilmiy-innovatsion eko­tizim shakllanayotganidan dalolat beradi. Talabalar yutuqlari ham eʼtiborga molik. 207 talabamiz turli chempionatlarda gʻolib boʻldi.

Institutsional islohotlar xalqaro ba­holash tizimlarida ham oʻz aksini topmoqda. 2025-yilda Fargʻona davlat universiteti QS institutsional baholash tizimida 4 yul­duzli sertifikatga ega boʻldi, QS Asia rey­tingida 901-950 oraliqda qayd etildi. Shu­ningdek, UI GreenMetric xalqaro reytingida dunyo miqyosida 327-oʻrinni egalladi.

Bundan tashqari, universitetimiz 2025-yilda qator yirik xalqaro ilmiy forum­larga mezbonlik qilib, mintaqada akademik muloqot va hamkorlik geografiyasini kengay­tirishga munosib hissa qoʻshdi.

Umuman olganda, Fargʻona davlat univer­siteti tajribasi oliy taʼlim sohasidagi islohotlar izchil, institutsional barqaror va xalqaro ishonch asosida amalga oshiril­ganda qisqa muddatda aniq natijalarga eri­shish mumkinligini koʻrsatadi. Bunday yon­dashuvlar milliy oliy taʼlim tizimining raqobatbardoshligini oshirish va xalqaro nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Aziza BOZORBOYEVA,

Fargʻona davlat universitetining

xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori

Hamkorlik materiali