Ushbu savolga CCV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Nargiza Nurullayeva javob berdi.

"Hozirgi kunda oliy taʼlim muassasalarida oʻquv darslarini qayta tiklash boʻyicha qaror qabul qilingan. Har bir muassasa pandemiya sharoitida oʻquv xonalarda va yotoqxonalarda sanitar-epidemiologik holatini oʻrganib, kamchiliklarni aniqlab va bartaraf etilgandan soʻng darslarga ishtirok etish ruxsati beriladi.

Barcha oliy taʼlim muassalarda chora-tadbirlar koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan. Ammo bu vaziyatda institutlardagi professor-oʻqituvchilar va talabalarga ham koʻp narsa bogʻliq boʻladi. Oʻzida kasallikning ilk belgilarini sezgan holda oʻz-oʻzini yakkalash va shifokorga murojaat qilishi zarur. Jamoat transportlarida esa yoʻlovchi tashishda koʻrsatilgan epidemiologik qoidalarga amal qilinishi shart va tegishli nazorat organlardan tekshiribboriladi", deydi mutaxassis.