Milliy reyting Taʼlim sifatini taʼminlash agentligi tomonidan yuritiladi.
Davlat va nodavlat OTTlar quyidagi 4 ta toifa boʻyicha milliy reytingga kiritiladi:
- amaliy fanlar;
- tibbiyot fanlari;
- ijtimoiy-gumanitar fanlar;
- ijod (sport).
Har yili 1-noyabrga qadar oʻtgan yil uchun milliy reyting natijalari eʼlon qilinadi.
Bunda, har yili 1-iyunga qadar talabalar, professor-oʻqituvchilar va ish beruvchilar oʻrtasida umummilliy soʻrovnoma va xalqaro ekspertlar oʻrtasida xalqaro obroʻni baholashga qaratilgan soʻrovnoma oʻtkaziladi.
Milliy reytingni hisoblashda foydalaniladigan jami 25 ta indikatordan 5 tasi umummilliy soʻrovnoma asosida aniqlanadi hamda ushbu soʻrovnoma natijalari inobatga olinishi uchun OTTdagi talabalar va professor-oʻqituvchilarning kamida 20 foizi soʻrovnomada ishtirok etishi lozim.