Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra,  2026-yildan boshlab kamida 15 yil ish staji va oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega, 60 yoshgacha bo’lgan pedagoglarga qayta moliyalashtiriladigan ipoteka krediti uchun boshlang‘ich to‘lovning 25 foizini byudjetdan qoplab berish tartibi joriy etiladi.

Subsidiya birlamchi uy-joy bozoridan kvartira sotib olish uchun ajratiladi. Buning uchun byudjetdan har yili 200 mlrd so‘mgacha mablag‘ yo‘naltiriladi.

Bunda subsidiya ariza beruvchining doimiy yashash joyidagi uy-joylarni xarid qilish uchun ajratiladi. Yagona istisno: Toshkent shahrida yashovchilarga Toshkent viloyatidagi uylarni xarid qilishga ham subsidiya beriladi.

 Arizalar Yagona portal (my.gov.uz) va Davlat xizmatlari markazlari orqali bepul qabul qilinadi.

 ESLATMA: ta’limning barcha bosqichidagi tashkilotlarda, jumladan, maktab, akademik litsey, texnikum, kollej, kasb-hunar maktablari, oliy ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan pedagoglar subsidiya olishi mumkin.

 Ariza beruvchining quyidagi ma’lumotlari tekshiriladi:

 – ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i o‘rtasida rasmiy nikoh tuzilgani;
–  ular nomida ikki va undan ortiq mulk huquqi bilan turar joy mavjud emasligi;
– kamida 15 yil ish stajiga egaligi va ayni vaqtda faoliyat yuritayotgani;
– oliy malaka toifasiga egaligi;
– kredit tarixi banklar talablariga mosligi;
– avval er-xotindan biri uy-joy uchun subsidiya olmagani.